39

Doktorantlarning ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida (oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichida) ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan doktorantlar ishtirokida ilmiy seminar tashkil etildi. 

Metodologik kun doirasida o‘tkazilgan seminarda Najmiddin Hafizovning “Movarounnahr fiqh ilmida Abu Hafs Nasafiyning “Tilbat at-tolaba” asari o‘rni” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilindi. 

Mazkur seminarda tayanch doktorant Najmiddin Hafizov ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va yangiliklar yuzasidan ma’lumot berdi.

Taqdimot yakunida ishtirokchilar tomonidan tadqiq qilinayotgan ilmiy ish yuzasidan savollar berilib, ish mazmunini yanada boyituvchi taklif va mulohazalar bildirildi.

Izoh qoldirish