VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024 tadbirining ikkinchi kuni nimalar bilan esda qoldi?
21-23 fevral kunlari poytaxt Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024 tadbiri doirasida ziyorat turizmi va muzeyshunoslikning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan davra suhbatlari o‘tkazildi.
Forum va davra suhbatlaridan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston iqtisodiyotining strategik tarmog‘i hisoblangan turizm va mehmondo‘stlik sohasida ekskursiya faoliyati uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qilishdan iborat edi. Ma’ruzachilar gidlar ta’lim tizimini takomillashtirish, shuningdek, gidlarning professional hamjamiyatini shakllantirish bo‘yicha o‘z tajribalari, qarashlari va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Shuningdek forum davomida mehmonlar va ishtirokchilarga poytaxt havosi va tarixiga “sho‘ng‘ish” imkonini beruvchi immersiv ekskursiyalar, “Toshkentdan gapiramiz” promenad-audiospektakli ham tashkil etildi. Bundan tashqari, tajribali hamkasblaridan amaliy ko‘nikma va maslahatlarga ega bo‘lgan yangi gid va o‘qituvchilar uchun ekskursiyalar va mahorat darslari o‘tkazildi.
VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024 turizm industriyasi ishtirokchilari o‘rtasida bilim, g‘oyalar va aloqalar almashinuvi platformasiga aylandi. Uning natijalari turizm uchun kasbiy-ma’rifiy tayyorgarlikni rivojlantirishga, ekskursiya xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish