31

Siyosiy bilimlarni oshirish darslari davom etmoqda

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan Akademiya professor-oʻqituvchilari uchun navbatdagi siyosiy bilimlarni oshirish darsi tashkil etildi. 

Mashgʻulot odatdagidek Oʻzbekiston va jahonda sodir boʻlgan asosiy ijtimoiy-siyosiy voqealiklar dayjesti bilan boshlandi.

Bu galgi mashgʻulot Markaziy Osiyodagi dolzarb ekologik muammolar, jumladan mintaqada suv taqchilligi muammosi, uni keltirib chiqarayotgan omillar, bu muammolarni hal qilishning ilmiy-innovatsion, siyosiy-iqtisodiy yoʻllari, davlatlararo munosabatlarning ahamiyati, bugungi holati va istiqboldagi ustuvor vazifalarga bagʻishlandi. 

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, prorektorlar, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdilar.

Tadbirda qayd etilishicha, Markaziy Osiyoda suv taqchilligi muammosi oʻtkir va muqarrar tus oldi hamda bundan buyon u tobora chuqurlashib boraveradi. Ekspertlarning hisob-kitoblariga koʻra, Markaziy Osiyoning ayrim mintaqalarida 2040-yilga borib, suv resurslariga boʻlgan ehtiyoj uch barobar oshadi. Vaqt oʻtishi bilan iqtisodiy zarar yalpi mintaqaviy mahsulotning 11 foiziga yetishi mumkin. 

Ayniqsa, soʻnggi vaqtlarda mintaqa jamoatchiligi tomonidan turli bahs-munozaralarga sabab boʻlayotgan qoʻshni Afgʻonistonda qazilayotgan Qoʻshtepa kanalining Markaziy Osiyodagi qishloq xoʻjalik sohasiga, ekologik vaziyatga taʼsiri hamda Oʻzbekistonning ekologik va suv resurslari tanqisligini bartaraf etish borasidagi amalga oshirayotgan siyosati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qatnashchilarda katta qiziqish uygʻotdi. 

Izoh qoldirish