113

Sog‘lom ovqatlanish – salomatlik garovi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va “Ziyo-zukko” nodavlat ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda Talabalar turar joyida talaba-qizlar uchun “Sog‘lom ovqatlanish – salomatlik garovi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda to‘g‘ri ovqatlanish borasida ko‘plab nazariyalar mavjudligi va deyarli har kuni yangi ma’lumotlar paydo bo‘layotgani, eng muhimi, parhez bilan to‘g‘ri ovqatlanishni ajrata bilish kerakligi haqida so‘z bordi. 

Inson organizmiga eng kerakli modda bo‘lmish oqsillar, vitaminlar, uglerodlar iste’mol qilayotgan ovqat rasionida bo‘lishi kerakligi haqida suhbat qilindi. Inson tanasining normal ishlashi uchun ham go‘sht, ham sabzavotli taomlarni yetkazib berish va to‘g‘ri ovqatlanish qoidalarini bilish juda muhim ekanligi haqida fikr yuritildi. 

Tadbir davomida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Talabalik davrida shoshilinch tamaddi qilish asnosida ko‘plab talabalar fast-fud va shirinliklarni iste’mol qilayotganliklari natijasida oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak faoliyati buzilishi natijasida gastrit va kroon kasalliklari kelib chiqishi tushuntirildi. 

Inson tanasida erkaklar uchun o‘rtacha kunlik kaloriya iste’moli yoshi va turmush tarziga qarab 2000-2400 kkal, ayollar uchun – 1800-2400 kkalni tashkil etishi, ulardan oqsillar, yog‘ va uglevodlar balansi odatda oqsillar – 30-40%, uglevodlar – 40-50% va yog‘lar – 20-25 foizni tashkil etishi haqida ma’lumotlar berildi. 

Yakunda talaba-qizlar o‘zlari qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish