91

Akademiya xodimlari va talabalari o‘rtasida sport bellashuvi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 351-sonli buyrug‘ining 41-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida talaba-qizlar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi. 

Voleybol va basketbol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Islomshunoslik va Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti jamoalari qatnashdilar. Islomshunoslik jamoasi 21:19 natija bilan g‘olib deb topildi. 

Shuningdek, sportning stol tennisi, badminton, shaxmat va shashka o‘yinlari bo‘yicha ham bellashildi. 

Talaba-qizlardan tashqari Akademiyaning pedagog-ustozlari ham faol qatnashdilar.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish