64

Yoshlarni radikal g‘oyalardan asrash – barqarorlik omili

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlarni radikal g‘oyalardan asrash – barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talabalari uchun tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda so‘z olganlar yoshlarni turli buzg‘unchi g‘oya va radikal guruhlarga qo‘shilishini oldini olishning aniq mexanizmlarini amalga oshirish kerakligini qayd etdilar. Yoshlar ma’naviyati, odob-axloqi, bilim va ko‘nikmasini yanada oshirish borasida so‘z yuritildi. 

Yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, komil inson bo‘lib voyaga yetishida bu kabi tadbirlarning ahamiyati katta ekani qayd etildi. 

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish