37

Tarix – o‘tmish va kelajak ko‘zgusi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi o‘qituvchisi Gulnoza Axmadjonova boshchiligida Temuriylar tarixi davlat muzeyida sayyor dars tashkil etildi.

Mazkur sayyor dars “Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi)” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun o‘tkazildi.

“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani “Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi tarixi” mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotda o‘qituvchilar tomonidan ma’lumotlar taqdim qilindi.

Seminar-mashgʻuloti savol-javob shaklida va qiziqarli fikr-mulohazalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Izoh qoldirish