39

Inson – aziz, xotira – muqaddas

Keyingi yillarda yurtimizda Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida mardona kurash olib borib, aziz jonlarini fido qilgan, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi “Qatagʻon qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash hamda Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD G’ayrat Rasulov hamda tyutor Botir Majidov boshchiligida  “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun seminar mashg‘uloti tashkil etildi. 

Mashg‘ulot doirasida talabalar Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida bo‘ldilar.

“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining “Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda o‘rnatilishi va mustabid tuzumning qatag‘onlik siyosati” mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotda o‘qituvchilar tomonidan ma’lumotlar taqdim qilindi. Dunyoda global xavf-xatarlar kuchayib borayotgan hamda milliy o‘zlikni anglash va haqiqiy tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.

Izoh qoldirish