46

Shoira Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida betakror shoira Zulfiyaxonim tavallud topgan sana munosabati bilan “O‘zbek adabiyotshunosligida Zulfiyaxonim ijodiy merosining o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavor kurashgan ayol.

Islomshunoslik fakulteti talabalari uchun tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilazatsiyasini o’rganish ICESCO” kafedrasi professori, DSc Ilhom Bekmirzayev, Xotin-qizlar bilan ishlash bo’limi uslubchisi Dildora Nishonova, Islomshunoslik fakulteti dekani o‘rinbosari G‘ayrat Rasulov, tyutor Umida Xasanova hamda Islomshunoslik 2-kurs talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirda  talabalar bilan mushoira o’tkazilib, esdalik sovg’alari va kitoblar bilan taqdirlandilar.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish