43

Ustozga ehtirom

Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat, yuksak ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi.

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik” fakulteti talabalari Akademiya tarixida o’chmas iz qoldirgan marhum ustozlar – Ubaydulla Uvatov hamda Saidmuxtor Oqilovlarning xonadonlariga tashrif buyurdilar.

Marhum ustozlarning oila a’zolari bilan suhbatlar asnosida ularning ilm yo’lida amalga oshirgan ezgu ishlari haqida so’z bordi. Talabalar ularning ruh haqlariga duolar qildilar.

 

Izoh qoldirish