38

Internetda radikalizm va ekstremizm gʻoyalari targʻibotidan ehtiyot boʻling

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi mudiri Mirodil Xaydarov, Islomshunoslik fakulteti tyutorlari Umidjon Xodjayev va Yoqubjon Bazarov tomonidan “Islomshunoslik” yoʻnalishi 3- bosqich talabalari ishtirokida “Internetda radikalizm va ekstremizm gʻoyalari targʻibotidan ehtiyot boʻling” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Axborot va murabbiylik soati doirasida tashkil etilgan suhbat davomida talabalarga ijtimoiy tarmoqlarda har qanday maʼlumotlarni manbasiga ahamiyat berish va diniy mazmundagi maʼlumotlarni faqat rasmiy saytlar orqali olish boʻyicha tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi.

Tadbir davomida Mirodil Xaydarov tomonidan talabalarni oʻquv va ilmiy faoliyatni uygʻun holda olib borish, kurs ishi mavzusini kelajakda BMI mavzusida davom ettirishni reja qilib tanlashga chaqirdi. 

Izoh qoldirish