39

Tengdosh – tengdoshga

El-yurt saodati, ilm-maʼrifati, yosh avlod kamoloti uchun butun umrini bagʻishlagan maʼrifatparvar ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish avlodlar zimmasidagi burchdir.

Shu maqsadda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida buyuk maʼrifatparvar adib, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxoʻja Behbudiyning hayot va ijod yo‘liga bag‘ishlangan dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur dars Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlari fakulteti “Turizm (Ziyorat turizmi)” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Shahlo Maqsudova tomonidan “Din psixologiyasi” yo‘nalishi talabalari uchun tashkil etildi.  

“Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodi” mavzusidagi mashg‘ulotda ma’ruzachi jadid bobolarimizning milliy o‘zlikni anglash, hurriyat yo‘lida jon fido etgan bobolarimiz xotirasiga ko‘rsatilgan cheksiz hurmatning amaldagi isboti ekanini ta’kidladi. 

Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatining eng yirik namoyandasi, o‘lka jadidlari rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g‘oyasining bayroqdori, yangi maktabchilik nazariyotchisi va amaliyotchisi, o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi, noshir Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida talabalarga ma’lumot berildi.

Dars yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish