40

“Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti davom etmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham rahbariyat va talabalar o‘rtasida muntazam tarzda muloqotlar o‘tkazib kelinib, mazkur uchrashuvlarda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan bir qatorda yechimini kutayotgan masalalar ham tilga olinadi.

Ana shunday muloqotlardan biri Islomshunoslik fakulteti talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, O‘quv bo‘limi boshlig‘i Sobirjon Qutbiddinov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Ilhom Berdiyorov, fakultet dekani Jahongir Tohirov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Muloqotda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda o‘qib, ilm olaman degan yoshlar uchun barcha zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgani, ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlar esa yuqori natijalarga erishayotganini ta’kidlab, yoshlarni ko‘proq o‘z ustida ishlashga, bilim olishga chaqirdilar.

Shu bilan bigra, bitiruvchi kurs talabalariga yakuniy semestrni muvaffaqiyat yakunlashlari uchun omad tilandi. Bo‘lajak mutaxassis va yosh xodim sifatida Akademiyada olgan bilimlarini ish joyida qo‘llaydigan fursat kelayotganini qayd etdilar. 

Muloqot yakunida kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish