31

Harbiy xizmatchilarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash – ustuvor vazifa

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur darslarda jami 40 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.

Bugun belgilangan o‘quv rejasiga muvofiq, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov tinglovchilarga ma’ruza qildi.

Mazkur dars “Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib etilayotgan diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalaridan muhofaza qilishdagi dolzarb vazifalar” mavzusiga bag‘ishlandi. 

Ma’ruzada bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirilayotgan turli mutaassib fikrlar, ekstremizmga undovchi chaqiriqlardan ogoh bo‘lish, internetdan foydalanish madaniyati haqida so‘z bordi. Akademiya rektori bu kabi darslar harbiy xizmatchilarning turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlashga xizmat qilib, ofitserlarning sohaga doir bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Izoh qoldirish