20

Akademiya talabalari Oliy Majlis Senati faoliyati bilan tanishdilar

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining “Xalqaro munosabatlar taʼlim yoʻnalishi” talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida sayyor mashgʻulot tashkil etildi.

Mazkur sayyor dars “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Xalqaro munosabatlarda parlamentlararo muloqot” mavzusida o‘tkazildi. 

Sayyor darsda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosida oʻtkazilgan sayyor mashgʻulotda Senatning xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Ravshanbek Alimov va senator Anvar Tuychiyev tomonidan talabalarga Oʻzbekiston va xorijiy davlatlarning parlamentlari oʻrtasidagi aloqalar, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlari rivoji, xorijiy investitsiyalar, xalqaro tranzit muammolari, Oʻzbekiston tashqi siyosati kabi dolzarb masalalarga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Akademiya talabalari uchun Senat binosida ekskursiya tashkil etilib, talabalar Senatning Yalpi majlislar zali, Senat qoʻmitalari va senatorlar faoliyati, yigʻilishlar zali, uchrashuvlar zali va protokol bilan tanishdilar.

Izoh qoldirish