114

“Ma’rifat” g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining 2-hududiy saralash bosqichi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalarining “Ma’rifat” jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 

3 ta shart asosida tashkil etilgan bellashuvda Akademiya jamoasi Geologiya fanlar universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi flliali hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari jamoalarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Ushbu g‘alaba tufayli Akademiyaning “Ma’rifat” jamoasi tanlovning 3-mintaqaviy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbatiyati va jamoasi “Ma’rifat” jamoasiga kelgusi bosqichlarda ham muvaffaqiyat tilaydi.

Izoh qoldirish