22

Xorijiy tillarni oʻqitish uslublarida O‘zbekiston va Qozog‘iston tajribasi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi hamda Qozog‘istonning Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk xalqaro universiteti professor-oʻqituvchilari hamkorligida “Xorijiy tillarni oʻqitish uslublari” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi. 

Unda professor-o‘qituvchilar “Chet tili darslarida asosiy kompetensiyalarni shakllantirish”, ‘Interfaol ta’lim usullari” hamda “STEM metodi” kabi mavzular bo‘yicha ma’ruzalar qildilar.

Seminar davomida ishtirokchilar interfaol metodlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirdilar.

Izoh qoldirish