23

Dinshunoslikning dolzarb muammolari muhokama qilindi

Dinlararo bagʻrikenglik gʻoyasi xilma-xil eʼtiqodli kishilarning bir zaminda olijanob niyatlar yoʻlida hamkor va hamjihat boʻlib yashashini anglatadi. Yurtimizda dinlararo bag‘rikenglik ustuvor masala sifatida qaraladi. Bosh qomusimizda ham mamlakatimizda yashayotgan barcha millat vakillari millati, tili, eʼtiqodi, ijtimoiy holatidan qatʼiy nazar Oʻzbekiston xalqini tashkil qilishi va ularning huquq va manfaatlari, shuningdek, eʼtiqod erkinligi mustahkamlangan.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida har yili an’anaviy tarzda “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusida an’anaviy respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Bugun ham “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan 16-marotaba mazkur konferensiya tashkil qilindi. 

Anjuman respublikamiz ta’lim muassasalarida dinshunoslikka oid fanlarni o‘qitishni yanada takomillashtirish hamda mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash maqsadida tashkil etildi.

Mazkur konferensiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad dinshunoslik, tarix, falsafa, xalqaro munosabatlar singari dunyoviy ta’lim yo‘nalishlari hamda Qur’on ilmlari, hadisi sharif, islom huquqi, tasavvuf, islom tarixi, manbashunosligi kabi diniy ta’lim yo‘nalishlari bilan bog‘liq fanlarni rivojlantirishga oid amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar natijalari bilan ilmiy jamoatchilikni tanishtirish, respublikamiz ta’lim muassasalarida dinshunoslikka oid fanlarni o‘qitishni yanada takomillashtirish hamda mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilashdan iborat.

Zoom dasturi orqali onlayn va oflayn formatda o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Ergash Daminov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari, Toshkent islom instituti rektori Muhammadolim Muhammadsiddiqov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov, UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi Ta’lim va ilm-fan bo‘limi bosh eksperti O‘ktam Jo‘rayev tabrik so‘zlari bilan qatnashib, konferensiyaga ishiga muvaffaqiyat tilashdi.

Shuningdek, tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi mutaxassisi Shayx Abdulaziz Mansur, Oriental universiteti ta’sischisi Nozim Mamatoxunov, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi dotsenti Davron Kamilov, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti Dildora Yusupova, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh mutaxassisi Ma’murjon Otaqo‘ziyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i Abduvahob Umarov, Akademiya professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov olib bordi.

Shundan so‘ng “Yangi O‘zbekiston diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar”, “Qur’oni karimning o‘zbek tilidagi tarjimalari yuzaga kelish tarixi”, “O‘zbekistonda oliy diniy ta’lim tarixi, buguni va istiqboli”, “Tarix (Islom huquqi va manbashunosligi)” ta’lim yo‘nalishi: yutuq va muammolar”, “Dinshunoslik” fani ta’limidagi zamonaviy tendensiyalar”, “Diniy-ma’rifiy sohada information texnologiyalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash masalalari”, “O‘zXIA bitiruvchilarining respublika oliy ta’lim muassasalaridagi faoliyatiga doir masalalar”, “Nomutaxassis ta’lim yo‘nalishlariga “Dinshunoslik” fanini o‘qitishdagi o‘ziga xosliklar”, “Dunyoviy davlat va zamonaviy tendensiyalar”, “O‘zbek segmentiga mo‘ljallangan diniy kontentlar tahlili” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan joriy yilda 16-marotaba tashkil qilingan mazkur an’anaviy konferensiyada Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom instituti, UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, qolaversa, respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, doktorant va magistrantlar ishtirok etishdi. 

Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, “Yangilangan Konstitutsiyamizda O‘zbekistonning dunyoviy davlat va turli madaniyatlarni birlashtirgan makon ekani aniq belgilab qo‘yildi. Bizning kuch-qudratimiz – mana shu shunda, biz bu boylikni ko‘z qorachig‘imizdek asrashimiz kerak. Tarixga qaraydigan bo‘lsak, asrlar davomida yurtimizda turli xil e’tiqod va qarashlar, dinlar, madaniyatlar bag‘rikenglik bilan qabul qilinganini ko‘ramiz”.

1999-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tashkil etilgan Toshkent islom universiteti 2018-yilda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga aylantirildi. Mazkur 25 yil davomida “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi oliy ta’lim tizimida bugungi kunning dolzarb masalalariga  yechim topishda 1000 ga yaqin bakalavr 100 ga yaqin magistr o‘nlab doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar dinshunoslik sohasi rivojida faoliyat yuritmoqdalar.

O‘z navbatida, konferensiyaga kelib tushgan dinshunoslik, islomshunoslik, tarix, falsafa, din psixologiyasi kabi ijtimoiy fanlar yo‘nalishiga oid turli-ilmiy maqolalar mazkur an’anaviy anjumanning XVI materiallari to‘plamidan o‘rin olgan. To‘plam respublikamizdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida dinshunoslik fanlari bo‘yicha dars beruvchi professor-o‘qituvchilar, pedagoglar, dinshunoslik sohasi bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan olimlar, shuningdek, islomshunos, sharqshunos, manbashunos, tarixchilar, yosh ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari asosida yozilgan 100 ga yaqin maqolalarni o‘zida jamlagan bo‘lib, unda diniy bag‘rikenglik, milliy va diniy qadriyatlar uyg‘unligi, ajdodlar ilmiy-ma’naviy merosining ma’naviy hayotimizda tutgan o‘rni o‘z ifodasini topgan.

To‘plam respublikamizdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida dinshunoslik fanlari bo‘yicha dars beruvchi professor-o‘qituvchilar, pedagoglar, dinshunoslik sohasi bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan olimlar, shuningdek, islomshunos, sharqshunos, manbashunos, tarixchilar, yosh ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari asosida yozilgan 100 ga yaqin maqolalarni o‘zida jamlagan bo‘lib, unda diniy bag‘rikenglik, milliy va diniy qadriyatlar uyg‘unligi, ajdodlar ilmiy-ma’naviy merosining ma’naviy hayotimizda tutgan o‘rni o‘z ifodasini topgan.

Tadbir yakunida “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2023-2024-o‘quv yili davomida dinshunoslik sohasi bo‘yicha nashr qilingan ilmiy va o‘quv adabiyotlari taqdimoti namoyish etildi. 

Qatnashchilar bildirilgan mavzular yuzasidan savol-javoblarda ishtirok etib, soha rivoji yo‘lida o‘zlarining taklif-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish