12

Onlayn muloqotda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

BAAning Muhammad bin Zayd gumanitar fanlar universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Onlayn uchrashuvda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev va tarjimon Bahodir Pirmuhammedov ishtirok etdilar.

Mazkur muloqot Akademiya talabalari uchun Muhammad bin Zayd gumanitar fanlar universiteti tomonidan ajratilishi rejalashtirilgan toʻliq grant va almashinuv dasturlarini muhokama etish uchun tashkil etildi.

Uchrashuv avvalida universitet Qabul va registratsiya boshqarmasi boshqarmasi boshligʻi Xalifa al-Mehrazi universitetning Akademiyaga tashrifi doirasida koʻrsatilgan mehmondoʻstlik va samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusidagi hamkorlikning oʻzaro manfaatli boʻlishiga ishonch bildirdi.

Xalifa al-Mehrazi avvalo bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlariga ajratiladigan toʻliq grant dasturlariga toʻxtalib, 10 nafar Akademiya vakillarini qabul qilishga tayyor ekanini bildirdi. Bunda Akademiya 25-30 nafar nomzod koʻrsatadi, universitet vakillari esa Akademiyaga kelib suhbat orqali 10 nafarini saralab oladi.

Grantning maqsadi talabalarning Oʻzbekistonga qaytib kelib, Akademiya va boshqa muassasalarda oʻz yoʻnalishlari boʻyicha faoliyat yuritishlariga qaratilgan.

Bunday almashinuvlar bir semestrga moʻljallanishi hamda yotoqxona, transport va aviabilet xarajatlari universitet tomonidan qoplanishini qoʻshimcha qildi.

Uchrashuv yakunida ilmiy yoʻnalishlarda hamkorlik masalalariga toʻxtalib, ilmiy seminar va konferensiyalarda ishtirok etish, dissertatsiyalarga ikki tomondan ilmiy rahbarlar tayinlanishi hamda qoʻshma grant loyihalarini amalga oshirish kabi takliflar bildirilganda universitet buni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Izoh qoldirish