9

Innovator ayollar: zamonaviy dunyoda turizm va texnologiya

Bugun Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS)da “Innovator ayollar: zamonaviy dunyoda turizm va texnologiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsentlari – Gulnora Gʻulomova, Nilufar Botirova hamda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsenti Mavluda Xodjayeva hamda talabalar qatnashdilar.

Akademiya vakillari anjumanda “Iqtisodiy oʻzgarishlar sharoitida Oʻzbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishga innovatsion yondashuvlar” hamda “IT sohasida raqamli transformatsiya: Oʻzbekistonda muqaddas va tarixiy qadamjolarni raqamlashtirish” mavzularida ma’ruza oʻqishdi.

Izoh qoldirish