7

Jaholatga qarshi maʼrifat – ustuvor maqsad

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Shukrullo Jo‘rayev hamda magistrlar ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan yondashadigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega, milliy mentalitetimizga yot, zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalash, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo‘lishi kabilar to‘g‘risida fikr va mulohazalar bildirildi. 

Tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Shukrullo Jo‘rayev so‘z olib, magistrlarga yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyati, shuningdek, islomning tinchlikparvarlikka asoslangan maʼrifiy din ekaniga oid ilmiy asoslangan fikrlarini o‘rtoqlashdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish