39

Akademiya mutaxassisi xalqaro delegatsiyaga hamrohlik qilmoqda

Ayni paytda yurtimizda Misr Arab Respublikasi delegatsiyasi vakillari tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolarining yurtimizdagi vazirlik mas’ullari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida hamkorlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Akbar Kazakbayev tarjimon sifatida ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasida olib borilayotgan hamkorlik masalalarini e’tirof etish barobarida qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, bilim va malakalar almashinuvini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

Izoh qoldirish