38

Akademiya vakillari malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunladi

Avval xabar berganimizdek, Rossiya Federatsiyasi Qozon shahrida joylashgan Qozon federal universiteti huzuridagi Psixologiya va ta’lim institutida “3+1 dasturi” asosidagi “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining tadqiqotchilik va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish” malaka oshirish kurslari o‘tkazildi.

Mazkur kurslarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Zebo Kasimova hamda Mirmuhsin Akramov ham muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.

Akademiya vakillari dunyo universitetlari reytingida 89-o’ringa ega bo‘lgan Qozon federal universitetidagi 144 soatlik malaka oshirish kurslari yakunida sertifikat bilan taqdirlandilar.

Izoh qoldirish