37

Do‘stlik va hamjihatlik bellashuvlari

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida xodimlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi.

Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligida tashkil etilgan bahslarda Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari jamoalarga bo‘lingan holda maydonga chiqdilar.

Mazkur bellashuvlar Akademiyada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, salomatligini mustahkamlash, shuningdek, ular o‘rtasida jamoaviy va do‘stona muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

 

Izoh qoldirish