37

Iqtidorli yoshlar – yurt kelajagi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Sirtqi bo‘lim rahbariyati tomonidan iqtidorli, tashabbuskor va faol talaba-yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Dastlab Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, prorektorlar – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov hamda Zokirjon Ro‘ziyev ishtirokida muloqot o‘tkazildi.

Akademiya rektori talabalarni o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabrikladi va ularga eng ezgu tilaklarini bildirdi. 

Tadbirda sirtqi va masofaviy ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli, tashabbuskor hamda aʼlo baholari, jamoat ishlaridagi faolligi bilan barchaga namuna bo‘lgan talabalar taqdirlandilar. Shuningdek, o‘zi o‘qiyotgan guruhning yetakchisi bo‘lgan guruh sardorlariga ham esdalik sovg‘alari topshirildi. 

“Million” jamoasi a’zosi Umid Xaydarovning ishtiroki davraga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

 

Izoh qoldirish