16

“Islom hamkorlik tashkilotining yoshlar forumi” yakunlandi

Samarqand shahrida “Butunjahon yoshlar festivali-2024” doirasida “Islom hamkorlik tashkilotining yoshlar forumi” “Yoshlar prizmasi orqali global muammolarni hal qilish: Biz bu dunyoni yaxshiroq joyga aylantiramiz” mavzusidagi sessiya bilan davom etdi.

Tadbirda Oʻzbekiston delegatsiyasi nomidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiya rektori Uygʻun Gʻafurov “Ma’rifatli yoshlar – yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida ma’ruza qildi.

Forum doirasida “Islomda yoshlar taʼlim-tarbiyasiga eʼtibor”, “Hozirgi zamon va anʼanaviy qadriyatlar”, “Oʻzbekiston – buyuk allomalar diyori”, “Oʻzbekistonda yoshlar uchun amalga oshirilayotgan islohotlar”, “Imom Buxoriy ilmiy merosida shaxs ijtimoiy tarbiyasi asoslari” kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi.

Tadbir davomida ekspertlar tomonidan yurtimizda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar yuqori baholandi.  

Forum yakunlari bo‘yicha “Samarqand deklaratsiyasi” qabul qilindi. Yoshlarni muammolarini o‘rganish kelajakda mamlakat istiqboli uchun muhim qadam ekani qayd etildi.

Izoh qoldirish