17

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 2025-yil uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-avgustdagi 319-buyrug‘iga asosan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 2025-yil uchun  qabul kvotalarini e’lon qiladi.

Ixtisosliklar doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga 
 2025-yil uchun umumiy kvota taqsimoti 

Ixtisosliklar

Doktorantura

Maqsadli

Stajyor-tadqiqotchilik

(PhD)

(DSc)

(PhD)

(DSc)

1

24.00.01. 

 Islom tarixi va manbashunosligi

2

-

-

-

-

2

24.00.02. Qur’onshunoslik Hadisshunoslik

2

-

2

-

1

3

24.00.03. 

Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot

2

-

3

-

-

4

24.00.04. 
Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi

2

-

-

-

-

5

07.00.04. 
Dinshunoslik

2

-

-

-

-

6

19.00.07.

Din psixologiyasi

2

-

-

-

-

Jami:

12

5

1

 

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

Tayanch doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik institutiga:

  • Ariza (ilova qilinadi);
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • pasport nusxasi;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  • oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi (tasdiqlangan ilovalari bilan);
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati(3-4 shakl), shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta OAK maqola, 2 ta tezis);
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi;
  • Til sertifikati;
  •  Ilmiy izlanish mavzusi va asosnomasi.

 

 

 

 

Doktoranturaga:

  • Ariza (ilova qilinadi);
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  • oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati(3-4 shakl), shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta OAK maqola, 2 ta tezis);
  • Til sertifikati;
  • Ilmiy izlanish mavzusi va asosnomasi.

 

Mustaqil izlanuvchilikka:

  • Ariza (ilova qilinadi);
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik diplom nusxasi(tasdiklangan ilovalari bilan);
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati(3-4 shakl), shuningdek ularning nusxalari (PhD kamida 1 ta OAK maqola, 2 ta tezis; DSc 3 ta OAK maqola, 2 ta tezis );
  • fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
  • ish joyidan tavsifnoma;
  • Ilmiy izlanish mavzusi va asosnomasi.

 

 

Hujjatlar 2024-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha https://daraja.ilmiy.uz/ sayti  orqali qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy. 

Murojaat uchun telefon: (71) 244-00-56; (97) 343-44-52; (99)327-23-08. 

 

 

 

  1. ilova 

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

rektori U. G‘afurovga 

Surxondaryo viloyati, Termiz tumani 

Mustaqillik ko‘chasi 27-uyda 

yashovchi ...................dan

 

 

ARIZA

 

Menga, 2025-yil uchun tayanch doktorantura, (maqsadli tayanch doktorantura) (PhD), doktorantura (DSc),  stajyor-tadqiqotchilik institutiga  e’lon qilingan tanlovda  ___________ixtisoslik bo‘yicha ishtirok etishga ruxsat berishingizni so‘rayman.

 

 

 

 

 

 

            IFSH                                                imzo                                               sana 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish