Eng ulugʻ gʻoyamiz: “Jaholatga qarshi – maʼrifat”
Muqaddas islom dini odob-axloq, mehr-muhabbat va insonparvarlikdek go‘zal g‘oyalarni targ‘ib etadi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida dunyoda sodir bo‘layotgan turli taloto‘plar, nizolar, g‘oyaviy xurujlar esa har daqiqa ogohlikka undaydi.
Buning oldini olish maqsadida joylarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 326-maktabida tumandagi pedagog xodimlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Olmazor tuman hokimligi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda “Maʼrifiy targʻibot markazi” hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov hamda Din ishlari bo’yicha qo’mitasi bosh mutaxassisi Jahongir Meliqo‘ziyev mavzu yuzasidan ma’ruza qildilar.
Akademiya rektori tomonidan bugungi kunda yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar, tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, loqayd va beparvolikka berilmaslik bo‘yicha tushunchalar berilib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik, yoshlarni diniy ekstremizm, terrorizm, radikalizm kabi salbiy illatlardan ogohlantirish va asrash muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Uchrashuvda Din ishlari bo’yicha qo’mitasi bosh mutaxassisi Jahongir Meliqo‘ziyev ham so‘zga chiqib, jamiyatda “jaholatga qarshi ma’rifat” kabi ulug‘vor g‘oyani shior qilib, yurt tinchligi va taraqqiyotida yoshlarimiz o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi, barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini ta’kidlashdi.
Tadbir yakunida tinchlikni qadrlovchi videorolik namoyish etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish