Milliy liboslar – millat qiyofasi
Har bir libos xalqimiz madaniyati, urf-odat va anʼanalarini oʻzida mujassam etgan boʻlib, ularni asrab-avaylash va namoyish etish milliy an’analarga boʻlgan sadoqatimizni ifoda etadi. Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz koʻrkini, balki maʼnaviy mafkuramiz va bashariyat tamaddunida tutgan oʻrnimizni ham namoyon etadi. O‘zbek milliy kiyimlari deganda esa ko‘z o‘ngimizda kamalak ranglarda tovlanuvchi atlas-u adraslar namoyon bo‘ladi.
Bu borada yosh avlodni milliy qadriyat, an’ana va urf-odatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda har yili yurtimizda “Xon atlas” festivali o‘tkaziladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida mazkur tadbir ko‘tarinki kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Festivali doirasida dastlab “Xon atlasli libosimiz – ko‘rkimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Muhtarama Ulug‘ova, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti Ra’no Ismoilova, soha prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan har yili mamlakatimizda xotin-qizlar ishtirokida “Xon atlas” festivalini oʻtkazish anʼanaga aylanayotgani, xon atlas, adras va beqasam matolardan betakror did bilan tikilgan liboslar latofatli ayollarimiz egnida yanada chiroy ochish bilan birga necha asrlik milliy va maʼnaviy anʼanalarimizni ham yodga solishi ta’kidlandi.
Tadbir yakunlangach, Akademiya hovlisida milliy liboslar namoyish bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish