19

Gender tengligi bo‘yicha trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda USAIDning Oʻzbekistondagi Huquqiy islohotlar dasturi hamkorligida “Gender tengligini tushunish: xalqaro va milliy qonunchilik meyorlari hamda diniy tamoyillarning qiyosiy tahlili” mavzusida trening mashgʻulotlari bo‘lib o‘tdi.

Trening mashgʻulotlarini Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Nigora Yusupova va gender tengligi boʻyicha ekspert Firuza Xamdamova olib bordi. 

Unda Oila instituti hamda Akademiyaning professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari, xodimlari va ishtirok etdi.

Trening mashgʻulotlari jamiyat va oilada gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish ishlarini tashkillashtirishda soha vakillarining salohiyatini oshirish maqsadida olib borildi. 

Kunning birinchi yarmida Gender tengligi boʻyicha ekspert Firuza Xamdamova tomonidan “Gender tenglikka oid asosiy tushunchalar. Gender va jins tushunchasi. Milliy qonunchilikda gender tushunchasi. Gender tenglik va gender kamsitish tushunchasi. Gender tenglik konsepsiyasi. Gender stereotiplar”, “Gender tenglik tarixi va bugungi kundagi ahamiyati. Gender tenglikka oʻtish konsepsiyasi” mavzularida taqdimot qilindi va “Gender stereotiplarga oid videorolik koʻrish va muhokama qilish” qismi boʻldi. 

Mashg‘ulotda bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlarni taʼminlash davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani, gender tenglikka erishishda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yanada kuchaytirish masalasi davlat va jamiyatning doimiy diqqat markazida turganiga eʼtibor qaratildi. 

Trening mashgʻulotlari davomida ishtirokchilar guruhlarga boʻlinib maʼruzachi tomonidan berilgan turli topshiriqlar, keyslarga oʻzlarining munosabatini bildirdi.

Dastur boʻyicha trening mashgʻulotlarining ikkinchi kuni Akademiya professori Nigora Yusupova tomonidan “Islomda gender tengligi tamoyillari. Gender zoʻravonlikni oldini olishning maʼnaviy asoslari”, “Jamiyatda gender tengsizlikning oldini olishda xalqaro va milliy qonunchilik mohiyatini tushunishning ahamiyati va dinning roli” mavzularida taqdimot boʻlib oʻtdi va muhokamalar olib borildi. 

Trening yakunida barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish