13

Kibermakonda din omili va axborot iste’moli madaniyati

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun “Yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad ichki ishlar xodimlarining O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari, din bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlar tahlili va unda O‘zbekistonning pozitsiyasi to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish, xodimlarning sohaga doir bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishdan iborat.

Bugun malaka oshirish tinglovchilariga Akademiya rektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Uyg‘un G‘afurov “Kibermakondagi diniy kontentning mazmuni: mo‘tadillik va mutaassiblik chegarasi” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada kundalik hayotimizni band etgan internet tarmog‘idagi sayt va guruhlar mazmuni, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tahlil etish va tarqatish madaniyati, diniy ma’lumotlarni rasmiy saytlardan olish hamda bilmagan va tushunarsiz tarmoqlardan saqlanish kabi masalalarda ma’lumotlar yetkazildi.

Izoh qoldirish