11

Ta’lim va tarbiya – millatni buyuk qiladigan kuch

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentida “Kelajak yaratuvchilari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi v.b. dotsenti, siyosiy fanlar doktori Munira Qahhorova mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

Akademiya dotsenti bugungi kunda mamlakatimizda o‘qituvchi maqomini yuksaltirish, ularning mehnatini munosib baholash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. 

Ustoz uchun yosh avlod qalbiga ilm-fan, ma’naviyat ziyosini ulashish, millatni ma’rifatli qilish eng oliy burch ekanini e’tirof etdi. Ta’lim va tarbiyasi yuksak millatgina kelajak bunyodkori sifatida maydonga chiqishni ta’kidladi.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar savollar bilan murojaat etishdi.

Izoh qoldirish