41

Navroʻz – qadriyatlar beshigi

Yurtimizda milliy va maʼnaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni yoshlar orasida keng targʻib qilish hamda anʼanaviy bayramlarni yuqori saviyada nishonlash maqsadida oliy taʼlim muassasalarida joriy yilning 12-19-mart kunlari “Navroʻz – qadriyatlar beshigi” nomli ma’naviy-ma’rifiy haftalik o‘tkazilmoqda.

Haftalikda milliy va maʼnaviy qadriyatlarni rivojlantirish, Navroʻz bayramining tarixiy va madaniy ahamiyatini yoshlarga yetkazish, talaba-qizlar oʻrtasida ijtimoiy faollikni oshirish, talaba-qizlarning milliy libosga boʻlgan mehrini oshirishga qaratilgan treninglar tashkil etilmoqda.

Jumladan, bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Navroʻz – qadriyatlar beshigi” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti Nargiza Shoaliyeva mavzu doirasidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Davra suhbatida Xotin-qizlar bo‘limi uslubchisi, Akademiya xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nilufar Alibayeva, tyutorlar hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida sharqona yangi yil boshlanadigan qutlug‘ kun — Navro‘zi olam asrlar davomida bahor, ezgulik, mehr-oqibat, mehnat va bunyodkorlik ramzi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutib kelayotgani e’tirof etildi.

Joriy yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida tashkil etilishi bayramning shukuhini yanada ortishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Navro‘z bayramining kelib chiqish tarixi, BMT Bosh assambleyasi tomonidan 21-mart – “Xalqaro Navro‘z kuni” sifatida nishonlanishi, UNESCO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgani qayd etildi.

Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish