
Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar, Islomshunoslik hamda Mumtoz sharq filologiyasi fakultetlarining talaba qizlar o‘rtasida sport bellashuvlari o‘tkazildi.
Xotin-qizlar maslahat Kengashi hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan bellashuvda talaba qizlar estafeta, arqon tortish, arqonda sakrash, shaxmat-shashka va stol tennis kabi sport turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib bordilar.
Mazkur bellashuvlar Akademiyada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talabalar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, jamoaviy va do‘stona muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talaba qizlar mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish