
Talaba-qizlar uchun tanlov o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talaba-qizlari o‘rtasida 28-aprel – xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi qizlar kuni munosabati bilan tanlov o‘tkazildi.
Mazkur musobaqa Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi hamda Akademiya Xotin-qizlar maslahat kengashi hamkorligida tashkil etildi.
Unda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining “IT TOUR”, Mumtoz sharq filologiyasi fakultetining “Digital girl” hamda Islomshunoslik fakultetining “Tafakkur” jamoalari o‘zaro bellashishdi.
Ushbu tanlov AKT sohasidagi talaba-qizlar orasida iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Musobaqani Akademiyaning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev kirish so‘zi bilan ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi.
Tanlov “Jamoalar tanishtiruvi”, “Krossvord yechish”, “Jamoa sardorlari bellashuvi” hamda “AKT bo‘yicha belgilangan mavzular asosida taqdimot” kabi shartlar asosida o‘tkazildi.
Yakunda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining “IT TOUR” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ishtirokchilar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish