1

Talaba-qizlar o‘rtasida “Hadis musobaqasi” o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalar turar joyida “Islomshunoslik” , “Dinshunoslik”, "Filologiya"  va "Matnshunoslik"yo‘nalishi 1- va 2-bosqich talaba-qizlari o‘rtasida “Hadis musobaqasi” nomli intellektual tanlov bo‘lib o‘tdi.

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti "O‘zbek va xorijiy tillar" kafedrasi katta o‘qituvchisi Feruza Xodjakulova tomonidan tashkil etilan tanlovda talabalar ingliz tilida hadis ilmi bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Musobaqada Akademiyaning professor-o‘qituvchilari hakamlik qildilar.

Yakunda g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Izoh qoldirish