
Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni
Keyingi yillarda yurtimizda aholi orasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, joriy yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.
Mazkur yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” g‘oyasi umummilliy harakatga aylantirilishi ta’kidlanib, buning uchun sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik targ‘ibotini har bir oilaga olib kirish kerakligi aytilgan edi.
Shu maqsadda haftaning har shanba kuni Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida rektor Muzaffar Komilov boshchiligida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etilishi an’anaga aylandi.
Bugun ham mashg‘ulotlar yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etdilar.
Bir vaqtning o‘zida mashg‘ulotlar Akademiyaning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 2-Talabalar turar joyida ham bo‘lib o‘tdi.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish