2

Akademiya vakili xalqaro simpoziumda ma’ruza qildi

Turkiya Respublikasining Konya shahrida “Birinchi xalqaro Rumiy va Navoiy simpoziumi” o‘tkazildi.

Mazkur anjumanda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlaridan navoiyshunos, rumiyshunos olimlar, mutaxassislar qatorida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti Nargiza Shoaliyeva ham ishtirok etdi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi Rumiy va Navoiy asarlarining keng qamrovda o‘rganish, bu borada butun dunyo bo‘ylab mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar bilan tanishish, ikki buyuk ijodkorning asarlarini o‘qitish bo‘yicha kasbiy malakani oshirish va o‘zaro tajriba almashishlarga imkoniyat yaratishdan iborat. 

Akademiya vakili anjumanda “Rumiy va Navoiy irfonining o‘xshash tamoyillari” nomli ma’ruzasi bilan chiqish qildi. 

Maqolada Navoiyning “Foniy” devonidagi g‘azallari hamda Rumiyning “Shams” devonidagi g‘azallari va “Masnaviy ma’naviy” manzumasidan baytlar qiyosiy tahlil qilinib, ularning irfoniy qarashlari ko‘rsatib berilgan.

Anjumandan so‘ng qatnashchilar Konya shahri hokimligi tomonidan o‘tkazilgan ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etishdi.

Izoh qoldirish