
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xotira kechalari o‘tkazilmoqda. Har yili mazkur sana o‘zgacha shukuhda nishonlanadi. Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 19-fevralda “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmonining imzolanishi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida jasorat tarixi darsi bo‘lib o‘tdi.
“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan ikkinchi jahon urushida gʻalabaga Oʻzbekiston xalqining qoʻshgan munosib hissasini aks ettirishga qaratilgan ushbu tadbirni kafedra mudiri G‘ayrat Rasulov ochib berdi.
Tadbirda Akademiya professori, faxriy ustoz Ahadjon Hasanov, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda so‘z olganlar o‘tganlarni yodga olish, ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirish barchamizning insoniylik burchimiz ekanligini ta’kidlashdi.
Professor Ahadjon Hasanov mazkur bayramning ahamiyati, uning milliy davlatchiligimizda tutgan o‘rni, bugungi tinchlik-xotirjamlikni qadriga yetish haqida so‘z yuritdi.
“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ziyodilla Zinatullayev tomonidan Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari, uning mudhish oqibatlari, xalqimizning mazkur urushdagi g‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlarga asoslangan darsi o‘tkazildi.
Talabalar jasorat darsi davomida tinchlik-totuvlikning qadriga yetishni his qilib, o‘zlari uchun foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish