1

Akademiyada ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Keyingi yillarda mamlakatimizda aholi orasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, joriy yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Mazkur yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” g‘oyasi umummilliy harakatga aylantirilishi ta’kidlanib, buning uchun sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik targ‘ibotini har bir oilaga olib kirish kerakligi aytilgan edi.

Shu maqsadda bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida har hafta rektor Muzaffar Komilov boshchiligida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.

Bugun o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etib, o‘z salomatliklarini chiniqtirib olishdi.

Izoh qoldirish