2

Akademiyada ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Vijdon erkinligi boʻyicha inson huquqlari haftaligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir joriy yilning 25-fevralida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonuni targ‘iboti yuzasidan tashkil etildi.

Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, fakultet dekanlari – Farhod Karimov, Jahongir Tohirov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Davra suhbatida islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosati: maqsad, vazifa va prinsiplar” mavzusida ma’ruza tinglandi. 

Tadbir davomida Qonunda mustahkamlangan vijdon erkinligi tamoyillari va ularni amalga oshirishning dolzarb jihatlari, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik asoslari va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari, jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z bordi.

Davra suhbati yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Izoh qoldirish