12

Malayziya xalqaro islom universiteti vakillari Akademiyada

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Malayziya xalqaro islom universiteti Turizm kafedrasi dotsenti Nur Farxani binti Abdullah boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tashrif munosabati bilan Akademiya rahbariyati va mehmonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Irgash Daminov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi. 

Suhbat avvalida Irgash Daminov mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga tashrifi bilan qutlab, Akademiyaning ilmiy salohiyati, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumot berdi. Moturidiy, Nasafiy kabi buyuk ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ilmiy merosni o‘rganish dolzarb masalalardan ekanligi, bu sohada ikki tomonlama hamkorlik qilish mumkinligi bo‘yicha so‘z yuritdi. Shuningdek, o‘zaro professor-o‘qituvchilar, talablar almashinuvi, ilmiy konferensiyalar tashkil qilish, hamkorlikda ilmiy maqolalar nashr etish kabi sohadagi hamkorliklarni rivojlantirish kerakligini bildirildi. 

O‘z navbatida Malayziya delegatsiya a’zolari Akademiya rahbariyatiga avvalo samimiy qabul va tashkil etilgan uchrashuv uchun minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston tarixi va arxitekturasi xususida savollar berib, yurtimiz boy tarixi bilan ziyorat turizmini rivojlantirish uchun hamma imkoniyatlar mavjudligini aytib o‘tishdi. 

Kelgusida magistratura yo‘nalishida 1+1 talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligi ta’kidladi. 

Tashrif davomida mehmonlarga “Manbalar xazinasi”da saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar tanishtirildi. 

Uchrashuv samimiy va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. 

Izoh qoldirish