3

Qurbon hayiti – mehr-oqibat va saxovat ayyomi

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari ishtirokida Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti majlislar zalida Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori, islomshunos olim Ne’matullo Muhamedov “Muborak Qurbon hayitini munosib kutib olish, o‘tkazish, asrab-avaylash va ulug‘lash to‘g‘risida” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ma’ruzada Qurbon hayitining diniy-ma’naviy mazmun-mohiyati, uning tarixiy ildizlari, milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizdagi o‘rni, shuningdek, hayit bayramini xalqimizga xos saxovat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik ruhida o‘tkazish lozimligi haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar, hayit bayrami arafasida xodimlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash, ijtimoiy birdamlik va insoniylik fazilatlarini chuqurlashtirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Izoh qoldirish