
Ertalabki badantarbiya – salomatlik garovi
Inson oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, sport bilan shugʻullanib, jismonan chiniqib tursa, salomatligi uchun juda foydali hisoblanadi. Ayniqsa, har kuni ertalab 15-20 daqiqalik badantarbiya yoki 40-60 daqiqa davomida ochiq havoda piyoda yurish juda foydali.
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida har hafta rektor Muzaffar Komilov boshchiligida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tkazilmoqda.
Mazkur mashg‘ulotlar davlatimiz rahbarining joriy yilning 13-fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi ijrosini ta’minlash hamda Akademiyada sog‘lom turmush tarziga amal qilish maqsadida tashkil etilmoqda.
Yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” g‘oyasi umummilliy harakatga aylantirilishi ta’kidlanib, buning uchun sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik targ‘ibotini har bir oilaga olib kirish kerakligi aytilgan edi.
Bugun bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etib, o‘z salomatliklarini chiniqtirib olishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish