
“Tafakkur egalari” kitobxonlik tanlovi final bosqichi bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Tafakkur egalari” nomli kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi. Tanlov 2024-2025-o‘quv yili davomida bosqichma-bosqich amalga oshirilib, yakuniy final bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 muhim tashabbuslari hamda “Dolzarb 90 kunlik” va “Yoshlar oyligi” umumrespublika harakati asosida tashkil etildi.
Tanlovning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, intellektual salohiyatni oshirish, tanqidiy va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, diniy-ma’rifiy va badiiy adabiyotlar orqali tafakkur doirasini kengaytirishdan iborat.
Mazkur musobaqa Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Ijtimoiy fanlar va huquq kafedrasi”, O‘zbeksiton yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti hamda Akademiya tyutorlar jamoasi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tanlov avvalida Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev rektor Muzaffar Komilovning tadbir ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tanlov doirasida talabalarning o‘qilgan asarlar bo‘yicha tahliliy fikrlari, mushohada madaniyati, muloqot qobiliyati va savol-javoblardagi faolligi baholandi.
Final bosqichga chiqqan ishtirokchilar o‘zaro adabiy-falsafiy asarlar asosida bahs yuritib, o‘z fikrlarini mantiqiy asoslab berish, chuqur tahlil qilish, asarlarning hayotiy va tarixiy kontekstini sharhlash kabi mezonlar asosida baholandi.
“Pushti ko‘zoynak” jamoasi 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Yoshlik” jamoasi esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblik “Mujtahid” jamoasiga nasib etdi.
Tanlov g‘oliblariga faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari va kitob to‘plamlari topshirildi.
Tadbir doirasida, shuningdek, “Tafakkur egalari” kitobxonlik klubining yangi mavsumdagi rejalari, doimiy o‘quv seminar va muhokama sessiyalari haqida ham e’lon qilindi. Klub faoliyati orqali talabalar o‘zaro fikr almashish, diniy va dunyoviy bilimlarni uyg‘unlashtirish, chuqur tahlil va bahs-munozara madaniyatini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Yakunda barcha ishtirokchilar tomonidan kitobxonlikni hayot tarziga aylantirish, intellektual rivojlanishga intilish va akademik muhitda doimiy o‘qish madaniyatini mustahkamlash borasidagi fikrlari yangradi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish