
Akademiya vakili xalqaro seminarda ma’ruza qildi
Bugun Malayziya islom sivilizatsiyasi institutida “Donishmandlik ko‘prigi: Musulmon olamining ilm, falsafa va silsilasiga qo‘shgan hissasi” mavzusida V xalqaro seminar o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi o‘qituvchisi Go‘zal Sharipova “Malayziya va O‘zbekiston siyosatida diniy bag‘rikenglikning qiyosiy tahlili” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikka katta ahamiyat berilayotgani, qadimdan turli e’tiqodga mansub millat va elatlar istiqomat qilib kelgani qayd etildi.
130 dan ziyod millat va elat vakillari tinch-totuv istiqomat qilib kelayotgani e’tirof etildi.
Malayziyada ham bu jihatga alohida urg‘u berilishi, O‘zbekiston tanlagan millatlarlararo totuvlik siyosatiga o‘xshash ekani amaliy misollar bilan solishtirildi.
Ma’ruza yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish