1

Akademiya rektori xalqaro seminarda nutq so‘zladi

O‘zbekistonda xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiyasining Malayziyaga safari boshlandi.

Dastlab Akademiya rektori Muzaffar Komilov hamda Malayziya milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti direktori, professor Fariza Sham o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. 

Muloqot davomida rektor Muzaffar Komilov mazkur uchrashuvni tashkil etgani uchun institut rahbariyati va xususan, Fariza Sham xonimga o‘z minnatdorligini bildirar ekan, mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi. 

Samimiy suhbat davomida qator yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Akademiyaning ilmiy faoliyati, maqsad va vazifalari, yaqin istiqboldagi rejalar, xalqaro hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berildi.

O‘z navbatida Fariza Sham Malayziyada islom diniga bo‘lgan e’tibor, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni yuqori baholab, hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklif-mulohazalarini bildirdi.

Shundan so‘ng rektor Muzaffar Komilov Malayziya islom sivilizatsiyasi institutida o‘tkazilayotgan “Donishmandlik ko‘prigi: Musulmon olamining ilm, falsafa va silsilasiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi V xalqaro seminarning rasmiy ochilish qismida nutq so‘zladi. 

Seminar ishi “Siyosiy fanlar, siyosiy falsafa va axloqiy boshqaruv” hamda “Matematika, astronomiya va tibbiy innovatsiyalardagi inqilobiy yangiliklar” kabi sessiyalarga bo‘lingan holda davom etmoqda. Unda Akademiya professor-o‘qituvchilari onlayn tarzda ma’ruza qilishlari kutilmoqda.

Izoh qoldirish