
“Xalqaro yoshlar turizm festivali” start oldi
Joriy yilning 18-23-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS), O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida yirik xalqaro miqyosdagi “Xalqaro yoshlar turizm festivali” o‘tkazilmoqda.
Mazkur festivalning asosiy maqsadi – turizm sohasi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yosh avlod vakillarining ilmiy-nazariy bilimlarini, amaliy ko‘nikmalarini va kasbiy salohiyatini rivojlantirishdan iboratdir. Ushbu tadbir nafaqat turizm sohasi mutaxassislari, balki yosh tadqiqotchilar va talabalar uchun ham xalqaro tajriba almashish, yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda turizmning barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish imkonini berdi.
Kecha festivalning tantanali ochilish marosimi Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda MDIS rektori Ilhom Mamatqulov, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Transmilliy ta’lim bo‘yicha akademik direktor James Andrew Scott, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi Boshqarma boshlig‘i Begzod Murodullayev, shuningdek, Turkiyaning Kapadokiya universiteti prorektori Kadirhan Dogan, Ozarbayjon Turizm va Menejment Universiteti kafedra mudiri Xafiz Guseynov, Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti dotsenti Elvira Samatova, Qozog‘iston Respublikasi Yasaviy ilmiy-tadqiqot instituti direktori Bauyrjan Sayfunov, Indoneziyadagi Assalaam o‘rta maktabi direktori Bambang Arif Rahman, Turkiyaning din va bioetika bo‘yicha ilmiy xodimi Busra Nur Mete hamda qator xalqaro ekspertlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.
Festival doirasida Buyuk Britaniya, Eron, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Singapur, Indoneziya, Ozarbayjon, Turkiya, Hindiston kabi davlatlardan kelgan mehmonlar bilan bir qatorda mamlakatimizning o‘nlab oliy ta’lim muassasalari vakillari ham faol qatnashdi. Umumiy hisobda 100 nafarga yaqin ishtirokchi mazkur nufuzli tadbir doirasida turli ilmiy-ma’rifiy, madaniy va turizmga oid amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Festival dasturi keng ko‘lamli bo‘lib, unda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishish, Toshkent shahridagi tarixiy va diniy ziyoratgohlarga tashrif buyurish, Samarqand shahriga ilmiy-ma’rifiy sayohat, shuningdek, milliy an’analarni namoyish etuvchi “Uzum Sayli” festivalida ishtirok etish kabi tadbirlar o‘rin olgan.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish