168

“Mustaqillik darslari” davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi “Mustaqillik darslari” davom etmoqda.

Unda Akademiyaning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar ishtirok etishmoqda.

Mazkur darslarda ma’ruzachilar tomonidan yigit-qizlarga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan Uchinchi renessansning mazmun-mohiyati, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida erishilgan yutuq va marralar dunyo hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilayotgani hayotiy misollar vositasida singdirildi. 

Bundan tashqari, Akademiyaning ichki tartib-qoidalari, iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimi, faol talabalarning erishgan yutuqlari va shu kabi zaruriy axborotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
14
Yoshlar bilan ishlash
Bir guruh talabalar taqdirlandi
13:32
Apr
27

Izoh qoldirish