
Ustozga ehtirom – insoniy qadriyat ifodasi
Insonning kamolotiga sabab bo‘ladigan va keyingi hayot yo‘liga poydevor qo‘yadigan insonlar bu ustoz va murabbiylardir. Yurtimizda ustoz va murabbiylarni e’zozlash, ularga hurmat ko‘rsatish avloddan avlodga o‘tuvchi qadriyatdir.
Bu borada mamlakatimizda boy hayotiy tajribaga ega, chuqur bilim va zakovat sohiblarining ilmiy merosini yosh avlodga ulashish, “ustoz-shogirdlik” an’anasini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Mustaqillik darslari” doirasida Akademiya dotsenti, “Imom Buxoriy” ordeni sohibi Abdulhay Abdullayev davra suhbati o‘tkazildi.
Uchrashuvda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi mudiri Zohidjon Islomov hamda 1-kurs talabalari ishtirok etishdi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 23-avgust kuni davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni imzolangan edi.
Mazkur farmonga muvofiq, vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari uchun “Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi” dotsenti Abdulhay Abdullayev “Imom Buxoriy” ordeni bilan bilan taqdirlangandi.
Uchrashuv davomida fidoyi ustoz o‘zlarining yoshlik davrlari, pedagoglik faoliyatlari haqida talabalarga hikoya qilib berdilar. Yoshlik – unutilmas va bilim olish uchun muhim davr ekani, bugungi kun yoshlarida buning uchun barcha sharoitlar borligi, talabalar o‘qib, o‘z ustida ishlab, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan inson bo‘lib yetishishlari kerakligini ta’kidladilar.
Samimiy davra suhbati davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish